AQUATIC TEXTURE

Aquatic Texture — suv bazali silikonli tashqi qoplama bo‘lib, yuqori nafas oluvchanlik xususiyatiga ega. Silikon tuzilmasidagi g‘ovaklar devor ichidagi namlikning to‘siqsiz tashqariga chiqishini ta’minlaydi va qatlamning ko‘chib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yomg‘irga chidamli va suv itaruvchan bo‘lib, devorlarni doimo quruq holatda saqlaydi. Natijada sathning ifloslanishi, mog‘or va mox hosil bo‘lishi kamayadi. Yuqori yopishuvchanlikka ega. Turli rulo turlaridan foydalanib, har xil dekorativ naqshlar hosil qilish mumkin.

Qo‘llanish sohasi
Quyidagi sathlarda qo‘llanadi:
— suvoq;
— beton;
— brut beton;
— beton panellar;
— MDF;
— OSB;
— rangi o‘chgan, ammo mustahkam eski bo‘yoq sathlari.

Afzalliklar
— yuqori nafas oluvchanlik;
— sathdagi namlikni chiqarish;
— qatlam ko‘chishining oldini oladi;
— suv itaruvchanlik;
— yomg‘irga chidamlilik;
— ifloslanishni kamaytiradi;
— mog‘or va mox hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi;
— yuqori yopishuvchanlik;
— turli dekorativ naqshlar yaratish imkoniyati.

Ko‘rsatkich Qiymat
Tip silikon emulsiyali tashqi qoplama
Yaltiroqlik G3
Quruq plyonka qalinligi E3
Don o‘lchami S2
Bug‘ o‘tkazuvchanligi V1
Suv o‘tkazuvchanligi W2
Yoriq yopish qobiliyati A0
CO₂ o‘tkazuvchanligi C0
Qurish (teginish) 30–45 daqiqa
To‘liq qurish 24 soat
Suyultirish suyultirilmaydi
Airless 200 bar, 50°, 0.047"
Qadoqlash 20 kg
Saqlash 3 yil, salqin va quruq joyda

Buyurtma berish