NEON SILK

Neon Silk — suv bazasidagi, 100% sof akril bog‘lovchiga ega, ipak-matt ko‘rinishli tashqi fasad bo‘yoqi. Maxsus pigment va bog‘lovchi tizim tufayli organik ranglar ham noorganik ranglar darajasida rang o‘chishga bardosh beradi. Silikon bilan modifikatsiya qilingan bog‘lovchi tizimi yuqori UV-bardoshlilikni ta’minlaydi, ranglar uzoq muddat yorqinligini saqlaydi. Yuqori bog‘lovchi miqdori CO₂ to‘sig‘ini hosil qiladi, shu bois ochiq beton sathlar uchun ham xavfsiz qo‘llanadi. Bo‘yoq korroziyani oldini oladi, betonni himoya qiladi, tashqi suvni singdirmaydi. Qoplama sath bilan birga cho‘ziladi, shu sabab yuzada mikro-yoriqlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Ichki namlik tashqariga chiqariladi, natijada bo‘yoq qatlamining ko‘chib ketishi oldi olinadi. Eng og‘ir iqlim sharoitlariga mo‘ljallangan. Qo‘llash oson, sachramaydi, tomchilamaydi.

Qo‘llanish sohasi
— brut beton;
— akril asosidagi yuzalar;
— rangi xiralashgan, ammo mustahkam eski bo‘yoq qoplamalari.

Afzalliklar
— organik ranglarning yuqori rang barqarorligi;
— kuchli UV-bardoshlilik;
— CO₂ to‘sig‘i hosil qiladi;
— betonni himoya qiladi, korroziyani oldini oladi;
— tashqi suvni singdirmaydi;
— sath bilan birga cho‘ziluvchi elastik plyonka;
— mikro-yoriqlarning oldini oladi;
— ichki namlikni chiqarib, qatlam ko‘chishining oldini oladi;
— oson qo‘llanadi, sachramaydi, tomchilamaydi;
— ipak-matt estetik ko‘rinish.

Ko‘rsatkich Qiymat
Tip 100% sof akril ipak-matt tashqi bo‘yoq
Yaltiroqlik G2
Quruq plyonka qalinligi E2
Don o‘lchami S1
Bug‘ o‘tkazuvchanligi V2
Suv o‘tkazuvchanligi W3
Yoriq yopish qобилияти A0
CO₂ o‘tkazuvchanligi C0
Qurish (teginish) 1–2 soat
Ikki qat oralig‘i 6–8 soat
To‘liq qurish 24 soат
Suyultirish 15% gacha
Qadoqlar 13.5 L, 2.5 L, 1.25 L
Saqlash 3 yil, salqin va quruq joyda

Buyurtma berish