MINOA PREMIUM EXTERIOR PRIMER

Minoa Premium Exterior Primer — tashqi yuzalar uchun mo‘ljallangan akril asosli astar bo‘yoq bo‘lib, sath va finish qoplama orasida mustahkam bog‘lovchi qatlam hosil qiladi. Bo‘yoq sarfini kamaytiradi, yangi beton sathlarda yuzaga keladigan karbonatlanish ta’sirini bartaraf etadi va finish qoplamaning ko‘chib ketishining oldini oladi. Ishqoriy tuz chiqishi (oq dog‘lar)ga yuqori darajada chidamli bo‘lib, finish bo‘yoqning uzoq muddat barqarorligini ta’minlaydi.

QO‘LLANILISH SOHASI

— Mineral asosli, emuvchi yuzalarda birinchi qat bo‘yoqdan oldin.
— Eski bo‘yalgan tashqi yuzalarda qayta bo‘yashdan avval.

AFZALLIKLARI

— Sath va finish bo‘yoq orasida mustahkam bog‘lovchi ko‘prik hosil qiladi.
— Bo‘yoq sarfini kamaytiradi.
— Yangi beton yuzalarda karbonatlanishning oldini oladi.
— Ishqoriy oq dog‘larga nisbatan maksimal chidamlilik.
— Yuqori yopishuvchanlik xususiyatiga ega.

Ko‘rsatkich Qiymat
Tip tashqi fasad uchun akril astar
Asos sof akril emulsiyasi
Qo‘llash usuli cho‘tka, rulo, purkagich
Qatlamlar oralig‘i 6–8 soat
Ish harorati +5°C … +30°C
Suyultirish suv bilan 15% gacha
Sarf 7–13 m²/l
Airless parametrlari 140 bar, 50°, 0.013", 5% suyultirish
Betonning pishish muddati 28 kun
Qadoqlash 15 L, 2.5 L
Saqlash muddati 3 yil, salqin va quruq joyda

Buyurtma berish