AQUATIC

Aquatic — yangi avlod tashqi makon bo‘yoği bo‘lib, silikon emulsiyasi va maxsus fotokatalitik pigmentlarga asoslangan. Fotokatalitik markazlar yuzadagi kirlarni oksidlab parchalaydi va yuzaning doimo toza bo‘lishiga yordam beradi. Labirintsimon tuzilma devordagi namni tez chiqarib yuboradi va qurilish standartlariga muvofiq qo‘llanganda bo‘yoq ko‘chishini butunlay oldini oladi. Silikon-modifikatsiyalangan bog‘lovchi tizimi kuchli UV-bardoshlikni ta’minlaydi. Bo‘yoq sathga mukammal yopishadi, yillar davomida mustahkam saqlanadi, qo‘llash esa oson, sachramaydi va tomchilamaydi.

Qo‘llanish sohasi
Quyidagi tashqi sathlarda qo‘llanadi:
— suvoq va qo‘pol suvoq;
— fakturali mozaika va tarashli mozaika;
— beton va ochiq beton;
— sement tolali panellar, DVP, OSB;
— rangini yo‘qotgan, ammo mustahkam eski bo‘yoq sathlari.

Afzalliklar
— fotokatalitik o‘z-o‘zini tozalash xususiyati;
— labirintsimon tuzilma: namni chiqarish va qatlam ko‘chishining oldini olish;
— kuchli UV-bardoshlik;
— sath bilan to‘liq integratsiya;
— osongina surtiladi, sachramaydi, tomchilamaydi;
— iqlim sharoitlariga yuqori chidamlilik;
— vaqt va mehnat tejamkorligi;
— suv itaruvchanlik;
— matt dekorativ ko‘rinish.

Ko‘rsatkich Qiymat
Tip silikon asosidagi fotokatalitik matt tashqi bo‘yoq
Yaltiroqlik G3
Quruq plyonka qalinligi E2
Don o‘lchami S1
Suv bug‘i o‘tkazuvchanligi V2
Suv o‘tkazuvchanligi W3
Yoriq yopish A0
CO₂ o‘tkazuvchanligi C0
Qurish (teginish) 1–2 soat
Ikki qat oralig‘i 6–8 soat
To‘liq qurish 24 soat
Suyultirish 15% gacha
Qadoqlar 13.5 L, 7.5 L, 2.5 L, 1.25 L
Saqlash 3 yil, salqin va quruq joyda

Buyurtma berish