DUCHESSE SATIN EXTERIOR

Nippon Paint Duchesse Satin Exterior — tashqi makonlar uchun mo‘ljallangan dekorativ yakuniy bo‘yoq bo‘lib, sathda yaltiroq metall effekt hosil qiladi. Yarim shaffof tuzilmasi asos yuzasining fakturasini ochib beradi va chuqur dekorativ ko‘rinish yaratadi. Qoplamaning rangi, yorqinligi va umumiy ko‘rinishi sathning turi, rangi va surtish texnikasiga bog‘liq. Mahsulot faqat maxsus tayyorlangan teksturali tashqi yuzalar uchun mo‘ljallangan.

Qo‘llanish sohasi

Quyidagi tashqi yuzalarda qo‘llanadi:
— donador (teksturali) qoplamalar;
— akril asosli teksturalar;
— mineral teksturali sathlar.

Silliq yuzalarda qo‘llash taqiqlanadi.

Afzalliklar

— dekorativ metall effekt;
— yaltiroq finish;
— yarim shaffof, chuqur vizual ko‘rinish;
— suv bazali tarkib;
— tashqi sharoitlarga chidamli;
— fasad dekorativ tizimlari uchun mos.

Ko‘rsatkich Qiymat
Tip dekorativ tashqi bo‘yoq
Asos akril kopolimer emulsiyasi, suv bazali
Effekt metall
Finiш yaltiroq, yarim shaffof
Rang Nippon Paint Duchesse Satin Exterior ranglar jadvali bo‘yicha
Zichlik 1,05 ± 0,05 kg/l
Suyultirish taqiqlanadi
Qurish (1-qat) 45 daqiqa
To‘liq qurish 24 soat
Qo‘llash usuli tashqi rulo
Qadoqlash 13,5 l; 2,5 l; 1,25 l
Saqlash 3 yil, salqin va quruq joyda, sovuq va quyoshdan himoyalangan

Buyurtma berish