Interior Concentrated Primer — yuqori darajada konsentratsiyalangan akril grunt bo‘lib, bo‘yoq va sath orasida mustahkam ulanish qatlamini hosil qiladi. Kuchli penetratsiya xususiyati tufayli sathning ichki qatlamlariga chuqur kirib boradi va keyingi bo‘yoq qatlamining sath bilan yaxlitlanishini ta’minlaydi. Yuqori singdiruvchan sathlarning emuvchanligini sezilarli darajada kamaytiradi va bo‘yoq sarfini optimallashtiradi. Grunt sathda plyonka hosil qilmasligi shart.
Qo‘llanish sohasi
Quyidagi kuchli singdiruvchan va changlovchi yuzalarda qo‘llanadi:
— gips;
— ohakli yuzalar;
— sifati pasaygan plastik bo‘yoq qoplamalari;
— gazbeton va boshqa yuqori singdiruvchan mineral sathlar.
Afzalliklar
— sathga chuqur kirib boradi;
— finish bo‘yoqning yopishuvini oshiradi;
— sathning singdiruvchanligini kamaytiradi;
— bo‘yoq sarfini qisqartiradi;
— bo‘yoq uchun bir xil asos yaratadi.
| Ko‘rsatkich | Qiymat |
|---|---|
| Tip | akril kopolimer konsentrat grunt |
| Suyultirish | 1:7 yoki 1:10 |
| Qurish (teginish) | 1 soat |
| Bo‘yoq qo‘llash | 6 soat |
| Tavsiya etilgan usul | kist yoki valik, taramasiz |
| Airless | qo‘llanmaydi |
| Qadoq | 15 L |
| Saqlash | 3 yil, salqin va quruq joyda, sovuq va quyoshdan himoyalangan |