KLONDIKE CORTEN

KLONDIKE CORTEN — Zanglagan po‘latning go‘zalligi devorlaringizda.

KLONDIKE CORTEN — bu haqiqiy Corten po‘latining yillar davomida hosil bo‘ladigan tabiiy zang va oksidlanish ranglarini sun’iy, lekin juda real ko‘rinishda qayta yaratadigan premium dekorativ qoplama.
Mahsulot ichki interyerlarda ajoyib aktsent devorlarni yaratadi, loft, industrial, minimalizm, zamonaviy dizaynlar uchun ideal yechim hisoblanadi.

Tashqi fasadlarda esa, ayniqsa CORTEN TOP versiyasi favqulodda himoya beradi: yomg‘ir tomchilari devor bo‘ylab sirpanib oqadi, changni o‘ziga yopishtirmaydi, devor yuzasida dog‘ qoldirmaydi.
Bu lotosga o‘xshash gidrofob xususiyat devorlarni doimo toza va yangi ko‘rinishda ushlab turadi.

Afzalliklar va xususiyatlar

  • Haqiqiy Corten po‘latiga 99% yaqin vizual effekt

  • Murakkab zang ranglari, real oksidlanish tuzilmalari

  • MID va TOP versiyalari:

    • MID: kuchli dekorativ effekt, universal

    • TOP: lotos effekti, yuqori suv o‘tkazmaslik, o‘z-o‘zini tozalash

  • Bizning iqlim uchun mos — +50°C dan –40°C gacha chidamli

  • Tashqi devorlarda yomg‘ir, shamol, chang, UV nurlanishiga qarshi barqaror

  • Ichki devorlar uchun industrial, loft, modern dizaynlar yaratadi

  • Devorni nafas oladigan holatda saqlaydi (Künzel “quruq devor nazariyasi”)

  • Zang, mog‘or, qo‘ziqorin, yashil alga hosil bo‘lmaydi

  • VOC 10 g/l dan past, A+ ekologik sinf

  • Formaldegid chiqishi F**** – maksimal xavfsizlik

  • 1–2 qatlamda turli dekor effektlar

  • Oson parvarish, 24 soatdan keyin mustahkam sirt


Qo‘llanish sohalari

  • Ichki devorlar: zal, yotoqxona, ofis, restoran, butik

  • Tashqi devorlar: fasad, balkon, ustun, tashqi panellar

  • Aktsent devorlar, qalin tuzilma kerak bo‘lgan joylar

  • Loyiha dizaynlar: Loft, Industrial, High-tech, Minimalism

  • Beton devor, gips, gipsokarton, R7, yog‘och, hatto metall yuzalar


Qo‘llash usuli

Sirt tayyorlash

Silliq devorlar:

  • eski bo‘yoqni olib tashlash

  • devorni yuvish

  • notekis joylarni tekislash

  • zımpara qilish

  • fiksator

  • PRIMER 1200 (6 soat)

Qo‘pol devorlar:

  • tozalash

  • fiksator

  • KLONDIKE RASANTE R7 bilan tekislash (PV 43 shpatelyar)

  • 12 soatdan keyin KLONDIKE CORTEN surtiladi (Primer 1200 kerak emas)


Mahsulotni tayyorlash

  • Tayyor holatda (suyultirish kerak emas)

  • 1 yoki 2 qatlam


QO‘LLASH TEXNIKASI

1) “ZATIRKA” — silliq, ammo chuqur Corten effekti

  • KLONDIKE CORTEN MID yoki TOP 1 qatlam

  • PV 43 bilan barcha yo‘nalishlarda tekislash

  • Qalinligi ~1 mm

  • Sarf: 1 l = 2–3 m²

2) “ZALIVKA” — vertikal oqimlar, real korroziya ko‘rinishi

  • 1-qavat: PV 09 kist bilan yuqoridan pastga uzun notekis chiziqlar

  • 15–20 daqiqa kutish

  • 2-qavat: PV 43 bilan vertikal tekislash

  • Sarf: 1 l = 1,5–2 m²

  • “Mokriy po mokromu” — qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak

 

KLONDIKE CORTEN MID

Ko‘rsatkich Qiymat
Zichlik 1250 ± 30 g/l
Viskozlik 20 000 cP
Sarf 2–3 m²/l (1 qatlam), 1,5–2 m²/l (2 qatlam)
Qurish 1 soat – yuzasi, 3–4 soat – oraliq, 24 soat – to‘liq
Haroratga chidamlilik –40°C…+50°C
Yuviluvchanlik Yaxshi
Qadoqlash 1 l / 2,5 l / 5 l

KLONDIKE CORTEN TOP

Ko‘rsatkich Qiymat
Bog‘lovchi modda Siloksan-modifikatsiyalangan akril
Zichlik 1250 ± 30 g/l
Viskozlik 23 000 cP
VOC ≤ 10 g/l
Emissiya A+
Formaldegid X < 0,005 mg/m²·soat (F****)
Suv o‘tkazuvchanlik W < 0,09 (past)
Bug‘ o‘tkazuvchanlik V2 (o‘rta)
CO₂ o‘tkazuvchanlik Juda past (Sd=3358 m)
Muzlash/erish 50 sikl Hech qanday zarar yo‘q
“Lotos effekti” Ha, mustahkam gidrofoblik
Yashil alga / mog‘or 0 (o‘sish yo‘q)
Qadoqlash 1 l / 2,5 l / 5 l

 

Buyurtma berish